***********************************************************

RAYHONA - "YODINGDAMI"

***********************************************************

Afsus hamma aytgan sozlaring, so'zlangancha qoldi umrbod
Aldab meni, shahlo ko'zlaring, hayotimni qildilar barbod
Shildiragan tiniq buloqdan men seni deb chanqoq bosmadim
Aldanmagin, desalar yonib, qaramadim quloq solmadim

Yodingdamu? Tunlarimda oy bolib mening, Yodingdamu? Yollarimni yoritmoqchiyding
Yodingdamu? Kunduzimda bolib quyoshim, Jamolimga hop toymoqchiyding

Mana otti, necha fasllar bardoshginam tugadi mening
Kozlarimdan oqqan yoshlarim daryo bolib oqizsin seni
Shildiragan tiniq buloqdan men seni deb chanqoq bosmadim
Aldanmagin, desalar yonib, qaramadim quloq osmadim

Yodingdamu? Tunlarimda oy bolib mening, Yodingdamu? Yollarimni yoritmoqchiyding
Yodingdamu? Kunduzimda bolib quyoshim, Jamolimga hop toymoqchiyding (by TSH)


***********************************************************

RAYHONA - "OYIJON"

***********************************************************

Siz faqat yolg'iz o'zingiz,
Mehribonim suyanchim, madatkorim yupanchim, oyijon.
Ko'p dardlarimni birinchi bo'lib doim tinglovchi,
Qalbga taskin berguvchi, oyijon.

Bar o'zingizga intilur, oyijon.
Qayda bo'lsa ham sog'inib.
Jim mehrni ko'rdim faqat, oyijon.
Ko'zlaringizga tikilib.

Siz faqat yolg'iz o'zingiz,
Mehribonim suyanchim, madatkorim yupanchim, oyijon.
Ko'p dardlarimni birinchi bo'lib doim tinglovchi,
Qalbga taskin berguvchi, oyijon.

Goh taqdir sinovlaridan oyijon,
Ketsam deyman uzoqlarga.
Bu dunyo yolg'onlarida, oyijon,
Yursam deyman yiroqlarda.

Bor yorug' kunlar oldinda, oyijon,
Shodlikka to'lsin yuzingiz.
Oq fotiha olar bir kun,
Baxtli bo'ladi qizingiz.


***********************************************************

RAYHONA - "INTILIB YASHAYMAN"

***********************************************************

Verse 1:
Yo’llar armonlarga, boshlasalar ham.
Armonlar ko’zlarim, yoshlasalar ham.
Ne kuy azoblarga tashlasalar ham.
Men senga intilib yashayman…

Qushlar sayragan, bog’larim tinsa.
Ko’nglim sokinlikka, chidolmay sinsa.
Do’stim bilmaganni, dushmanim bilsa.
Mayli men seni deb yashayman…

Chorus:
Yo’llar, ou yo’llar.
Armonlarga, boshlasalar ham.
Senga, ou senga.
Intilib yashayman, seni deb yashayman…

Verse 2:
Umr o’taverar, g’ayratlar so’nar.
Inson judolikka, ko’nikar, ko’nar.
Ko’zlarim yoshidan, maysalar unar.
Men senga intilib yashayman…

Chorus:
Yo’llar, ou yo’llar.
Armonlarga, boshlasalar ham.
Senga, ou senga.
Intilib yashayman, seni deb yashayman…

[Guitar]

Chorus:
Yo’llar, yo’llar.
Armonlarga, boshlasalar ham.
Senga, senga.
Intilib yashayman, seni deb yashayman…


***********************************************************

RAYHONA - "HECH AYRILMA"

***********************************************************

Gulga sira hushim yo'q,
bulbul bilan ishim yo'q.
Qiynar dardi hijroni,
Qaytariga hushim yo'q.

Gul barglari tikondir,
Bulbulning bag'ri qondir.
Jonga ozor bermanglar,
Ishq dardi ko'p yomondir.

[Naqorat]:
Agar yuragingda sevgi bo'lsa,
Agar yuragingda tuyg'u bo'lsa,
Yor bilan doim birga bo'l,
Hech ayrilma.

Agar ko'zlaringda sevgi bo'lsa,
Agar ko'zlaringda mehr bo'lsa,
Yor bilan doim birga bo'l,
Hech ayrilma.

Guldan ko'z uzib bo'lmas,
Bulbulning so'zi bo'lmas.
Qadrim uchun yig'layman,
Ayrilib holim o'lmas.

Ketaringda qayrilma,
Yo'lingda hech tayrilma.
Ko'ngildagi yor bilan,
Birga bo'l hech ayrilma.

[Naqorat]:
Agar yuragingda sevgi bo'lsa,
Agar yuragingda tuyg'u bo'lsa,
Yor bilan doim birga bo'l,
Hech ayrilma.

Agar ko'zlaringda sevgi bo'lsa,
Agar ko'zlaringda mehr bo'lsa,
Yor bilan doim birga bo'l,
Hech ayrilma (by Fallen Angel)


***********************************************************

RAYHONA - "SENGA EMAS"

***********************************************************

Osmonlarga uchmagin, ey yig’it,
Kani tezroq yerga tush.
Xayollarni girdobiga shung’irma,
Misli qanotsiz bir qush.
O’zingni o’zing aldab ishontirma,
Bu hammasi bexuda.
Hayot korong’u, sen bo’lmasang dema.
Bu aslida befoyda.

Ko’zim ochib yumgunimcha,
Sevging so’kar misli g’uncha

Naqarot:
Senga emas qalbimdagi xislarim,
Senga emas beg’ubor xayollarim,
Senga emas dilimdagi she’rlarim,
Senga emas...
Senga emas yuksak orzularim,
Senga emas yorug’ tuyg’ularim,
Senga emas shirin kulgularim, Senga emas.

Peshonamga yozilgan sen dema,
O’zongni asoblama.
Kimni sevib, kimga rozi bo’lishim
Bu o’zimga xavola.
Sevgi xuddi bir ko’pik singari
Bugun bor, ertaga yo’q,
Yoki ranglarning jilosidek
Bugun och ertaga toq.

Ko’zim ochib yumgunimcha,
Sevging so’lar misli g’uncha. (by Ivan)


***********************************************************

RAYHONA - "SEVGILIM"

***********************************************************

O’tsa bu kechalar, oy nurini gullar sog’inib,
Sog’insa seni ham, yonayotgan mening yuragim.
Chorlasam kelmasa qalbimning bahori hech qachon,
Bilginki, men uchun yo’qdir bu dunyoning keragi.

Naqarot:
Sensiz yuragimda yuragimda armon qoldi, sevgilim.
Sensiz ko’zlarimga ko’zlarimga yoshlar to’ldi, sevgilim.
Sen kelolmasang, sen kelolmasang,
Tonglarim otmaydi, sevgilim.
Sen kelolmasang, sen kelolmasang,
Bahorim qaytmaidi, sevgilim.

Ketsa – da sen uchun osmon to’la yulduz sochilib,
Bir bora eslagin kechalardan qora ko’zlarim.
Qorong’u yo’llaring yoritaman o’zim doimo,
Yodingdan hech qachon unuyilmas mening so’zlarim.
(by Ivan)


***********************************************************

RAYHONA - "HAYOLING"

***********************************************************

Muzlar erib ketadi, ko'zlar olovlanadi, senga boqsam.
Tunlar yorug' bo'ladi, kunlar baxtga to'ladi, senga boqsam.

Menga yeta olmasdan, darding ayta olmasdan, farqlanasan.
Osmondagi bulutlar parchalanadi, jonim kelsam.

Hayoling men olaman, yuraging men bo'laman.
Bilaman bu dunyoda hayoting men bo'laman.

Hayoling men olaman, yuraging men bo'laman.
Bilaman bu dunyoda hayoting men bo'laman.

Yo'llar gulga to'ladi, dillar nurga to'ladi, yorim desam.
Qalbingdagi dengizlar to'lqinlarga to'ladi, yorim desam.

Menga yeta olmasdan, darding ayta olmasdan, farqlanasan.
Osmondagi bulutlar parchalanadi, jonim kelsam.

Hayoling men olaman, yuraging men bo'laman.
Bilaman bu dunyoda hayoting men bo'laman.

Hayoling men olaman, yuraging men bo'laman.
Bilaman bu dunyoda hayoting men bo'laman.

Hayoling men olaman, yuraging men bo'laman.
Bilaman bu dunyoda hayoting men bo'laman.

Hayoling men olaman, yuraging men bo'laman.
Bilaman bu dunyoda hayoting men bo'laman.

Hayoling men olaman, yuraging men bo'laman.
Bilaman bu dunyoda hayoting men bo'laman.

Hayoling men olaman, yuraging men bo'laman.
Bilaman bu dunyoda hayoting men bo'laman.


***********************************************************

RAYHONA - "HOP MAYLI"

***********************************************************

Senga aytar so'zlarimni,
Yig'larim, ko'zlarimni,
Harorat muzlarimni,
Ko'nglimga ko'ndim,

Hijron, dilga alam keldi,
Dil tubidan nolam keldi,
Bardoshdek malham keldi,
Ko'nglimga ko'ndim.

Ho'p mayli, sensiz bo'lsam ham,
Ho'p mayli, umidim so'nmas,
Ho'p mayli, aytdim eshitmading,
Aytdim eshitmading, muhabbatimni.

Ho'p mayli, sensiz qolsam ham,
Ho'p mayli yoshlarim oqmas,
Ho'p mayli, aytdim eshitmading,
Aytdim eshitmading, muhabbatimni.

Chiqdi ko'nglimda gul o'zib,
Chiqdi bardoshimni buzib,
Chiqdi yo'llarimni to'sib,
Ko'nglimga ko'ndim.

Bir shohida hijron bilan,
Visoldek ehsob bilan,
Bir gul o'sdi isyon bilan,
Ko'nglimga ko'ndim.

Ho'p mayli, sensiz bo'lsam ham,
Ho'p mayli, umidim so'nmas,
Ho'p mayli, aytdim eshitmading,
Aytdim eshitmading, muhabbatimni.

Ho'p mayli, sensiz qolsam ham,
Ho'p mayli yoshlarim oqmas,
Ho'p mayli, aytdim eshitmading,
Aytdim eshitmading, muhabbatimni. (by Olmacha)