Приветствую Вас Гость | RSS
SITE LOGO
Главная страница | Регистрация | Вход
 
Начало » 2007 » Июнь » 6 » "BOLALIGIM" DAGI BOLAKAYDAN INTERVYU.
"BOLALIGIM" DAGI BOLAKAYDAN INTERVYU.


Bu yoqimtoy bolani taniysiz. Shohruh repperning shov-shuvli “Bolaligim” klipida chiqqan. Ism-sharifi Saidasror Islomov. Yoshi oltida. U tahririyatga onasi Umidaxon bilan kirib keldi...


- Doimo oyingiz bilan yurasizmi?

- Ha.

- Demak, hali maktabda o‘qimaysiz?

- O‘qiyman.

- Qaysi maktabda?

Onasi Umidaxon: - “Sehriyo” nomli xususiy maktabda o‘qiydi. U yerda sahna madaniyatidan dars o‘tiladi. O‘qituvchisi Saidasrorda o‘zgacha iste’dod borligini aytdi. Keyin “O‘zbekfilm”ga suratini topshirdim. Oradan ko‘p vaqt o‘tmay, rejissor Bahodir Yo‘ldoshev bizni “Bolaligim” klipiga taklif qildi. Men undan minnatdorman. Saidasrordagi iste’dodni ochib berdi.

- Klipga tushgani uchun qancha to‘lashdi?

- 50 dollar.

Saidasror: - Bu pulga buvim va oyimga sovg‘a xarid qildik. Men kuchukcha so‘ragandim, olib berishmadi (oyisiga tikiladi).

Oyisi: - Kuchukchaning o‘rniga dengiz toshbaqasi bilan to‘tiqushlar olib berdik.

- Saidasror, klipdan keyin yana taklif bo‘ldimi?

- “Ixlos kolbasalari”ni reklama qildim-ku, ko‘rmadingizmi?

- Ko‘rdim. Keyin-chi?

- Keyin “Bo‘rilar”da o‘ynadim.

- Kinoda o‘ynash yaxshimi yoki klipda?

- Kinoda.

- Nega?

- Ko‘p vaqtim kinoga ketadi, maktabga uzoq vaqt bormayman!

Onasi: - Voy, sababi faqat shu emas-ku! Kinoda ishlash qiziq deganding-ku!

- Oyim to‘g‘ri aytadilar, kino baribir qiziqroq. Yaxshi pul ham to‘lashadi!

- Katta bo‘lganingizda kim bo‘lmoqchisiz?

- Men bilmayman! Qayoqdan bilay?

- Aktyorlik yoqsa kerak?

- Judayam yoqadi! Juda!

Onasi: - Kino maydonchasida o‘g‘limning “oyi”si bor. Ayniqsa, “Bolaligim” klipidagi oyisi Feruzaga bog‘lanib qolgan. “Bo‘rilar” filmida Shohruhxoning bolaligini ham yaxshi o‘ynadi. Shohruhxon bilan Saidasror bir-biriga o‘xshab ketadi. Ular inoq bo‘lib qolishgan. Zebo Navro‘zovaning aytishicha, ikkalasining injiqligi, qaysar va o‘jarligi ham o‘xshash. Aytgandek, ayrimlar Saidasrorni Shahzodaning o‘g‘li, deb o‘ylashgan ekan. O‘xsharmish!
Saidasror, sizga ko‘proq kim yoqadi? Shohruh reppermi yoki Shohruhxon?

- Shohruhxon! U bilan do‘stmiz. Shohruh repper esa ma’yus.

Onasi: - Shohruh repper bilan o‘g‘lim gaplashishga ham ulgurmadi. Yaqinda Saidasror afg‘on xonandasi Arash Tavabning klipida suratga tushdi. Uni “Fokus” studiyasi klipmeykeri Aleksey Pavlov taklif qilgandi. Aleksey bolaning qalbiga yo‘l topa oladigan mohir rejissor ekan. Arash “Choy va chilim” qo‘shig‘iga ishlangan klip eng sifatli bo‘lgani uchun, albomini shunday nomlabdi. Ushbu klip Shvetsiyada yuqori pog‘onalarni egalladi.

- Saidasror, suratga tushayotganda charchasangiz kerak?

- Ba’zida judayam charchayman. “Bolaligim”da rosa hayajonlanganman. O‘t o‘chiruvchilarning rezina ichakdan sepayotgan sun’iy yomg‘iri ostida olti soat turganman. Klipni to‘rt kun davomida ishlagandik. Kasal bo‘lib qolishimga ozgina qolgan.

- “Bolaligim” klipida o‘zingiz yig‘ladingizmi yoki ko‘zingizga glitserin tomizishdimi?

- O‘zim. Bitta nuqtaga qarab turib yig‘ladim. Sizga ham yig‘la, deyishsa, bitta nuqtaga qarab turing, yig‘laysiz.

Onasi: - Akmal urgani uchun deganding-ku!

- Ha, Akmal urganida ham jahlim chiqdi. Uraveradi, men yiqilaman, u siltaydi, yana yiqilaman. Oyim tashlab ketsa, nima bo‘lishini ham o‘ylab ko‘rdim. O‘zim yig‘ladim.

Onasi: - Bu klip internet orqali 10.000 ovoz olganini bilasizmi? Mening oyim AQShda. U kishi “Bolaligim”ni internetda ko‘rib qolibdi. www.yutyup saytida bu klip bir yildan beri aylanadi. Yaqinda Yaponiyadan “Bolaligim”ning saviyasi haqida maktub oldik. Bir odam klipda o‘zining bolaligini ko‘ribdi.

- O‘g‘lingiz sho‘x ekan…

- Saidasror juda ko‘ngilchan, kirishuvchan, mehribon bola. Bir yarim yildan beri ishlayapti. Uning yana bir iste’dodi bor. “Oyi, buvim qo‘ng‘iroq qilyaptilar”, desa, uch daqiqadan so‘ng buvisi sim qoqadi. Ichki sezgisi kuchli. Ikki yarim yasharligida tunda o‘yg‘onib kulardi, ertalab esa tushini aytib berardi. Tushida bo‘lgan voqealar, albatta, o‘ngidan keladi. Ba’zan qo‘rqib ketaman.

Ayrimlar “bolangizning kinoga tushishi uchun qancha to‘lagansiz?” degan savollarni berishadi. Men hech qachon bunaqa qilmaganman. Xudoning o‘zi yo‘lini ochadi.

- Saidasror, “Bolaligim” klipidan keyin ko‘plar sizni tanib qolishgandir?

- Ha. Qo‘shnilarimiz tanishadi. Dastxat ham berdim ularga.

- Yana biror filmda suratga tushyapsizmi?

- Taklif qilishyapti. Hozir qozog‘istonlik xonandaning klipida suratga tushyapman.

- Nimani orzu qilasiz?

- Ko‘p filmlarda suratga tushishni istayman. Juda ko‘p!
OLINDI:MASHHUR.UZ

Просмотров: 3840 | Добавил: muzaffarbek-uz | Рейтинг: 4.2 |
Всего комментариев: 1
1 Saidasror  
0
Salom buman Saidasror mane saytemgya kirep koring http://saidasror.ucoz.com

Имя *:
Email *:
Код *:
[ Форма входа ]

[ Календарь новостей ]
«  Июнь 2007  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930

[ Наш опрос ]
HIT TOP - 15 . OVOZ BERING!!!
Всего ответов: 395

[ Поиск по новостям ]

[ Друзья сайта ]

[ Статистика ]

Copyright MyCorp © 2006