Приветствую Вас Гость | RSS
SITE LOGO
Главная страница | Регистрация | Вход
 
Начало » 2007 » Апрель » 23 » "BEATLES" GURUHI TARIXIDAN.
"BEATLES" GURUHI TARIXIDAN.


XX asr 60-yillarida dunyo san`atida yorqin yulduz bo`lib porlagan afsonaviy guruh - "Bitlz" musiqa taraqqiyotiga ham rad etib bo`lmas hissa qo`shadi. "Beatles" so`zi aslida "qo`ng`iz" ma`nosini anglatardi (beetle).


Shakllanish. 1956-yilning bahorida Jon Lennon (1940-1980) Elvis Preslining "Hertbreak Hotel" qo`shig`ini eshitib qoladi. Uning tan olishicha, "bu voqea avvalgi hayotimning oxiri edi". Tez orada Jon maktabdosh do`tlari bilan tuzgan "Quarrymen" guruhining birinchi konsertida u Pol Makkartni bilan tanishadi. 1958-yil guruhga Polning do`sti Jorj Xarrison kiradi. Aynan shu uch do`st - Jon, Pol va Jorj "Bitlz"ning "suyak"lari edi.

"Quarrymen" ba`zi-ba`zida kechalarda, to`ylarda chiqishlar qilishda ham haqiqiy konsertga qunt qilishmasdi. (1958-yil qiziqish uchun ikkita qo`shiqdan iborat plastinka yozishganini hisobga olmaganda). Shuningdek, ular tez-tez ajralishib ketishar, Xarrisonning esa alohida guruhi ham bor edi. 1959-yilning oxirida guruhga rassom Styuart Satkliff qo`shiladi, shu bilan ansambl tarkibi deyarli to`lgan edi (garchi Stkaliffning o`yini Lennonning jig`iga tegsa-da): Jon Lennon (vokal, ritm-gitara), Pol Makkartni (vokal, pionina, gitara), Jorj Xarrison (lider-gitara) va Styuart Satkliff (bas-gitara). Lekin guruhga hali barabanchi yetishmas, Jon hatto tomoshabinlar orasidan professional barabanchi uchun tanlov ham o`tkazardi. "Bitlz"ga barabanchi 1960-yilda keladi: u sobiq "The Blackjack" rok-guruhining barabanchisi edi.

Ism. Guruhning avval-boshda hech omadi kelmaydi. Shunday paytda nom borasida o`ylab ko`rishni maslahat berishadi. 1959-yil boshida "Johnny and The Moondogs" nomi bilan televizion tanlovda qatnashgan guruh 1960-yilning aprelida "The Beatles" nomi ostida sahnaga chiqadi. Bu so`zni Lennon va Satkliff o`ylab topishgani haqida ta`kidlashadi. Jon Lennonning eslashicha, u tush ko`radi. Tushida pirog ko`targan bolakay "Let it beetles!" deb qichqiradi. Ko`p ma`noli nom istagan guruh "beetles" so`zidan qoniqmaydi va yangi nom kashf qilishadi: "Beatles" - talaffuzda "beetles" (qo`ng`izlar) va yozuvda "beatles" (ildiz).

Shu bilan butun dunyo san`atsevarlarini hayajonga solgan "Bitlz" taraqqiyoti boshlandi...


FILMOGRAFIYA

1964 - "Og`ir kunning tuni" / A Hard Day`s Night

1965 - "Yordam!" / Help!

1967 - "Sehrli sayohat" / Magical Mystery Tour

1968 - "Sariq rangli suvosti kemasi" / Yellow Submarine

1970 - "Shunday bo`lsin" / Let It Be

1996 - "Antalogiya" / Anthology


DISKOGRAFIYA

1963 - Please Please Me

1963 - With the Beatles

1964 - A Hard Day`s Night

1964 - Beatles for Sale

1965 - Help!

1965 - Pubber Soul

1966 - Revolver

1967 - Sgt. Pepper`s Lonely Hearts Club Band

1967 - Magical Mystery Tour

1968 - The Beatles

1969 - Yellow Submarine

1969 - Abbey Road
1970 - Let It Be


OLINDI:W.W.W.MASHHUR.UZ

Просмотров: 3647 | Добавил: muzaffarbek-uz | Рейтинг: 0.0 |
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *:
[ Форма входа ]

[ Календарь новостей ]
«  Апрель 2007  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30

[ Наш опрос ]
MEHMON , SAYTNI BAHOLANG
Всего ответов: 234

[ Поиск по новостям ]

[ Друзья сайта ]

[ Статистика ]

Copyright MyCorp © 2006