Rossiyaning Sochi shahrida "Dunyo go`zali - 2007" tanlovining final bosqichi bo`lib o`tdi. Bu Rossiyada qatorasiga ikki yil mobaynida o`tkazilayotgan tanlovdir. O`tgan yili marosim Sankt-Peterburg shahrida o`tkazilgan edi.
Tanlovda dunyoning turli chekkalaridan 30 dan ortiq ayollar qatnashgan bo`lib, ularning eng yoshi ulug`i meksikalik 52 yoshli Blanke Estelle Niyetodir. Marosimning qatorasiga Rossiyada o`tkazilishiga izoh tarzida esa tanlov asoschisi Devid Marmel 2014-yilgi olimpiada o`yinlarini Rossiyada o`tkazilishi uchun qo`llab-quvvatlash maqsadida tashkil qilinganligini aytdi. Dunyoning eng chiroyli ayoli maqomiga amerikalik Diana Taker erishdi. Rossiyalik Marina Gafronova esa fitnes go`zali deb topildi. Bosh mukofot sohibasi 50 ming dollar bilan, qolgan to`rt finalchi esa 10 ming dollar miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlandi. "Dunyo go`zali" festivali o`ttiz yillik tarixga ega. Dastlab u Amerikada paydo bo`lgan bo`lib, "Miss Amerika" deb atalar edi. 1990-yillarga kelib esa festival dunyo miqyosiga ko`tarildi.