Dunyoga mashhur "Forbes" jurnali 2006-yil uchun milliarderlar ro`yxatini e`lon qildi. Unga ko`ra, milliarderlar soni 2000-yilda dunyo bo`yicha 946 taga yetgan. Birinchi o`rinni esa hali-hamon 56 mlrd. dollari bilan Microsoft rahbari Bill Geyts egallab kelmoqda.
Ikkinch o`rinda esa amerikalik investor Uorren Baffet turibdi. Uning hisobidagi dollarlari 52 mlrd.ga yetgan. Uchinchi o`rinni esa meksikalik telekommunikatsiyalar magnati Karlos Slim 49 mlrd. dollari bilan band etgan. Undan so`ng IKEA magazinlar tarmog`i egasi Ingvar Kampad (Shvesiya, 33 mlrd) va hindistonlik milliarder Lakshmi Mittal (32 mlrd) turibdi. Rossiyalik boylar orasida birinchi o`ringa ega bo`lgan Chukotka gubernatori Roman Abramovich bu ro`yxatda 16-o`ringa munosib ko`rilgan. Uning hisobidagi pullar 18,7 mlrd. dollarni tashkil etadi. OLINDI:W.W.W.MASHHUR.UZ
|