Samandar “Neksiya”sini yaxshi hayday olmaganidan turtib olgan edi. Shundan keyin u “Matiz” sotib olgan. Yo‘qolib ketgan Doniyor Toshmuhammedov ayni paytda tadbirkorlik bilan shug‘ullanyapti. 2003 yilda Sevinch Mo‘minovaning “Ortik sevmayajakman” qo‘shig‘i Ozarbayjon davlati xit-paradlarida birinchi o‘rinlarga chiqqan edi. Sarvara Anvar Sanayev bilan endi ijodni bolaganida kim oldin mashhur bo‘lishga garov o‘ynagan edi. Hozir Sarvaraning Sanayevdan bitta osh qarzi bor. Azamat Shapirovning sozandalar guruhilagi yigitlarning barchasi o‘zining ukalari. Valijon Shamshiyev oldin “Tiko”da erardi. Hozir “Matiz” sotib olgan. Hademay, u “Neksiya” xarid qilmoqchi. Anvar Sobirovning uyida Ozarboyjonda olib kelgan ajoyib vino bor. Uning ajoyibligi shundaki uning shishasi uzun qilich shaklida. Sirti qilich, ichi vino. Og‘abek Sobirov yoshligidan Pele va Maradonaga havas qiladi. Futbolda 8 raqam ostida, hujumda o‘ynashni yoqtiradi. Adham Soliyev maktabda hatto ertalabki yig‘ilishlarda ham qo‘shiq aytardi. Musiqa o‘qituvchisi “Yunis” degan sintezatorchani chalar u esa kuylardi. Oypopuk Eshonxonovaning Nelya degan arman vizajisti bor. Shu tufayli u har bir yarim oyda o‘z imidjini o‘zgartirib turadi. Shahzoda “Tarona – 2003” taqdimotida bir yo‘la ikkita “Yilning eng yaxshi sahna qiyofasi” va “Yilning eng yaxshi ayol xonandasi” nominatsiyalariga sazovor bo‘lgan. “Tarona – 2004”da “Yilning eng yaxshi musiqiy albomi” (“Baxt bo‘ladi”), “Tarona – 2005”da esa “Yilning eng yaxshi qo‘shig‘i” (“Keragimsan”) nominatsiyasi bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritgan. Aktrisa Lola Eltoyeva “Quyoshi botmaydigan yurt” videofilmidan so‘ng tanila boshlagan. OLINDI:MASHHUR.UZ
|