Приветствую Вас Гость | RSS
SITE LOGO
Главная страница | Регистрация | Вход
 
Начало » 2007 » Май » 14 » ANVAR SANAYEV. KONSERT QANDAY O'TDI?
ANVAR SANAYEV. KONSERT QANDAY O'TDI?


Parda ko`tarilishi bilan Sanjar Sa`dullayevning ovozi yangragach, bugungi dasturni sohir ovoz sohibi olib borsa kerak, degan fikr xayolimizdan o`tdi. Ammo konsert Anvar Sanayevning yangi xonishi bilan boshlandi. Sahna dekoratsiyalariga e`tiborni qaratamiz. Turli xil shakllardan iborat sahnaning qoq markazida katta yurak va uning yonida kichik yurakchalar. Bu hijronli muhabbat ramzi. Bu ko`rinish Sanayevning avvalgi konsertlarida kuzatilmagan edi. Ilk qo`shiq bilan sahnaga tashrif buyurgan “muhabbat kuychisi” oppoq kostyum-shimda edi. Konsertning farqli tomoni dasturda konferense, ya`ni boshlovchining bo`lmadi.



Anvar Sanayev qo`shiqlar mavzusini zalda o`tirgan auditoriyaga moslab tayyorlagani dastlabki daqiqalaridan sezila boshladi. Konsert davomida xonanda bir necha bor muxlislarga to`g`ridan-to`g`ri murojaat qilib, ulardan dalda va ko`mak so`radi. Ayni shu daqiqalarda uning muxlislarga murojaat qilishdagi yangidan-yangi qirralari ochildi. Uning har bir qo`shig`iga ishlangan klip katta monitor orqali zaldagi muxlislarga namoyish etib turildi. Qo`shiqlarga sahnalashtirilgan raqslar muxlislarga juda manzur bo`ldi.
Anvar Sanayevga Qashqadaryo, Xorazm, Buxorodan ashaddiy muxlislari ajoyib sovg`alarni taqdim etishdi, bir onaxon esa unga bag`ishlab yozgan she`rini o`qib berdi. Onaxonning ijodi Anvardan ham ko`ra muxlislarga yoqdi, shekilli, onaxonni olqishlarga ko`mib tashlashdi. Buxorolik Shoira opa esa Buxorodan olib kelgan zar choponini yopib, dil so`zlarini ham gapirib oldi.



Muqallid Sherzod Boymurodov konsertning birinchi qismiga mantiqiy yakun yasadi. U o`zining eskidan yangilagan yangi repertuari bilan muxlislar olqishini qozonishga harakat qildi. Shundan keyin Sanayev ikkinchi libosida sahnaga chiqdi. Konsert uchun mo`ljallangan qora kostyum-shim to konsert yakunigacha o`zgartirilmadi.



Qisqa satrlarda:
- Konsertda beshta eski qo`shiqdan boshqa qo`shilar yangi ijro namunalari edi;
- Anvar Sanayev konsert davomida 2 marta libos almashtirib, 2 marta gullar va sovg`alarni qabul qildi;



- Xonanda Dilshod Rahmonov do`stiga o`zining iliq tilaklarini bildirdi;
- Marhum xonanda Husniddin Xoliqovning qizlari Marjona va Komila Xoliqovalar ilk bor katta sahnaga ko`tarildilar. Ular 1994-yili dadasi tomonidan ijro etilgan va o`z paytida shlyagerga aylangan “Sumalakdan tosh topdim” qo`shig`ini yangicha talqinda kuyladilar;



- Xonanda tomonidan “Onajon” qo`shig`i ijro etilishidan oldin xonanda onasi aynan may oyida tavallud topganligi va ayni shu kunlarda bu yorug` olamni tark etganini ma`lum qildi. Bu qo`shiqni ijro etayotganda xonanda va onasining fotosuratlari monitor orqali zaldagi muxlislarga namoyish etib turildi;



- Xonanda tomonidan ustozi Muhriddin Xoliqovning “Qishloqdagi qizlar” xiti ijro etildi. Ijro davomida Muhriddin Xoliqovning ijod yo`li fotosuratlar bilan monitorda aks etdi.



Konsert yakuniga yetganligini bildiruvchi final qo`shig`i – “Seni izladim” ijro etilganda ham muxlislar konsert yakuniga yetganligini bilmadi. Shuning uchun ular zalni tark etishga shoshilmadilar va konsert yakunlanguncha xonandani gullar bilan tabrikladilar.

OLINDI:MASHHUR.UZ

Просмотров: 3954 | Добавил: muzaffarbek-uz | Рейтинг: 4.9 |
Всего комментариев: 10
10 roziya  
0
anvar akaga gap yo'k

9 roziya  
0
salom Anvar aka man shumoya do'st medoram

8 Sevara  
0
Anvar Sanayevning ijodlarida rivoj tilayman va bundanda yuksak darajalarni qo`lga kiritishlariga tilakdoshman.

7 Alisher  
0
Bratan sizga gap yo'q.

6 Pinyazova Go'zal  
0
Anvar Sanayevni bir dugonam juda sevadi unga omad tilaymiz.

5 jalol  
0
Anvar Sanayevni sanatini xurmat qilaman anvarga omad!!!

4 n_ra  
0
amdan tushgan ajina

3 n_ra  
0
anvar kot yiban manga voobshem yoqmidi

2 aziza  
0
MARJON bilan KOMIGA gap yoq Marjon orto manga tel qivor gapim bor bu Aziza 42

1 Hamdam  
0
anvarga gap yuq ayniqsa ovoziyu,sanat yuliga

Имя *:
Email *:
Код *:
[ Форма входа ]

[ Календарь новостей ]
«  Май 2007  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031

[ Наш опрос ]
MEHMON , SAYTNI BAHOLANG
Всего ответов: 234

[ Поиск по новостям ]

[ Друзья сайта ]

[ Статистика ]

Copyright MyCorp © 2006